Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi

O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.

1 noyabrgacha Toshkentning 11 ta ko‘chasida pullik yo‘l bo‘yi «parkovkalari» ishga tushiriladi

1 noyabrgacha Toshkentning Amir Temur, Nukus, Mirobod, Shevchenko va boshqa ko‘chalarida (jami — 11 ta) avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tashkil etiladi. Shuningdek, 5 yil ichida 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan.

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?» — prezident Yangihayot tumanidagi mural haqida

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi «Do‘stlik» mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» muraliga e’tibor qaratgan. «Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», degan prezident.

«Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz» — prezident Toshkentda tramvay harakatini tiklash haqida

Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumani faollari bilan uchrashuvda jamoat transporti, xususan, tramvay haqida so‘z ochgan. Davlat rahbari tramvayni xavfsiz, ekologik toza transport deb atab, uni Toshkentga qaytarish qarorini «adolatli» deya baholagan.

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sputnik» mavzesidagi avariya holatiga kelib qolgan yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, uy egasi ko‘chishni istamagan taqdirda, u ko‘chirilmasligi qo‘shimcha qilingan.

Prezident: «Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida mahalla davlatning asosi ekani, u obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘lishini ta’kidladi. «Ko‘rayapsizlar, zamon tahlikali bo‘lib turibdi. Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q. Biz ham sabr bilan, ilm bilan, mehnat va harakatimiz bilan rejalarimizni amalga oshirayapmiz», — dedi u.

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli «garmoshkali avtobuslar» harakatlana boshlaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025 yilgacha poytaxtda 1063 ta yangi avtobuslar harakatlanishni boshlaydi. Ulardan 53 tasi 2023 yilda harakatga tushiriladigan katta sig‘imli 18 metrli avtobuslar bo‘ladi. Ushbu «garmoshkali avtobuslar» poytaxtning 11 ta magistral yo‘nalishida harakatlanadi.

Farg‘ona yo‘lidagi ajratilgan yo‘lakning «ishlashini» ta’minlaymiz — Anvar Jo‘rayev

Toshkentda 2025 yilgacha 11 ta ko‘chada tezyurar avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda faqat Farg‘ona yo‘li ko‘chasida avtobuslar yurishi uchun mo‘ljallangan, biroq mashinalar ham yuraveradigan yo‘lak mavjud. Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev kameralar o‘rnatgan holda yo‘laklarning avtomobillardan holiligi ta’minlanishini ma’lum qildi.

Poytaxtdagi Gagarin ko‘chasi va maydonini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu yerda allaqachon yo‘lak plitalari olib tashlangan, uylarning fasadlari yangilanadi, o‘rindiqlar o‘rnatilib, yangi yashil maydonlar barpo etiladi. Gagarin maydoni Madaniy meros agentligidan ruxsat olinganidan keyin ta’mirlanadi.

Navro‘z bayramini umumxalq sayillari shaklida o‘tkazishga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayramini umumxalq sayillari shaklida o‘tkazishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi. Jumladan, Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram arafasida umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.

O‘zbekistonliklar Navro‘zda ketma-ket 5 kungacha dam oladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘zda haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket besh kun dam oladi.

Zamonaviylashgan jamiyat taraqqiyotini alohida shaxslar emas, tizim ta’minlaydi — Sodiq Safoyev

Senator Sodiq Safoyev Xalqaro munozara klubidagi chiqishida mamlakatni modernizatsiya qilishning belgilarini sanab o‘tdi. «Zamonaviylashgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovchi ichki mexanizmlarga ega. Bu alohida shaxsga emas, tizim ishlashiga bog‘liq», — dedi u.

Dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda

Dam olish kunlarida quruq va biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo bahorgi qiymatlarga qadar isiydi, yakshanba kuni termometr ustuni +17 darajaga ko‘tariladi.

Farg‘ona vodiysidagi AGTKSH 19 fevral soat 06:00 gacha vaqtincha yopildi

«O‘ztransgaz» respublikada kuzatilgan sovuq ob-havo tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi. Jumladan, Farg‘ona vodiysidagi AGTKSHlar faoliyati 18 fevral kuni 14:00 dan 19 fevral 06:00 gacha vaqtincha to‘xtatildi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, viloyatning Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi: Ishlayotgandek ko‘rinishni to‘xtatish kerak

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaqti-vaqti bilan nafaqat befoyda, balki zararli bo‘lgan, vaziyatni yaxshilashga yordam bermaydigan tashabbuslar bilan chiqmoqda. Ulardan biri — yo‘llarga o‘quvchilar mulyajlarini o‘rnatishdir. YHXB va hokimiyatlar hatto mutaxassis bo‘lmaganlar ham ko‘rib turgan kamchiliklarni payqaganlari yo‘q.

Qo‘llanma: Telefon orqali kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

«Gazeta.uz» kommunal to‘lovlarni tashkilot kassalariga bormasdan, to‘lov ilovalari Click, PayMe va Apelsin orqali to‘lash haqida qo‘llanmani taqdim etadi.

Karantin sababli harbiy xizmatga borolmagan chaqiriluvchi Mudofaa vazirligidan xizmatni o‘tashga ruxsat so‘ramoqda

«Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilda bir oylik harbiy xizmatga borish uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan chaqiriluvchi karantin choralari sababli 27 yoshga to‘lishidan oldin harbiy xizmatga safarbar qilinmagan. U Mudofaa vazirligidan harbiy xizmatni o‘tashga ruxsat berishni so‘ramoqda, chunki 2020 yilda vazirlik xuddi shunday vaziyatdagi 27 yoshdan oshganlarga harbiy xizmatga ruxsat bergan. Deputat Rasul Kusherbayev bunday fors-major holatlarda masala fuqaro foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.