O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda FIFA rahbari bilan uchrashib, O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda Janni Infantino prezidentga uning ismi tushirilgan to‘p sovg‘a qildi. Avvalroq Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka tortiq qilingandi.
Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.
Prezident Samarqanddagi o‘zgarishlar haqida gapirib, lekin bu uni hali qanoatlantirmayotganini aytdi: “Odamlar islohotlar ularning uyiga qachon kelishini kutib o‘tiribdi”. Davlat rahbari xorijdagilar tezroq qaytishini istashini, shuning uchun sharoit va ish o‘rinlari yaratish zarurligini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yangi loyiha va inshootlar bilan tanishadi, hududni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.
Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.
Farg‘ona viloyatida og‘ir jinoyatlarning 20 foizini, o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini esa aynan Qo‘qonda yashovchi voyaga yetmaganlar sodir etgan. Prezident bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich ekanini aytdi.
O‘zbekiston Investitsiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Ular bevosita vazirga bo‘ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan masalalarni hal qilib boradi.
Shavkat Mirziyoyev 10 ta tuman va 2 ta shahar hokimini investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi uchun ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ularning faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Samarqandda Zarafshon daryosi sohilida, aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda 389 gektar maydonda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari va boshqa obyektlardan iborat “zamonaviy” “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentiga massivning master-rejasi taqdim etildi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda o‘tgan yili 1 million nafar, 2023-yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilganini ma’lum qildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Endi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan roziliksiz pul o‘tkazgan yoki olib qo‘ygan yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmagan shaxslar 13,2 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Holat yana qaytarilsa, 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.
Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.
Prezident referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazib, referendum davomida umumxalq muhokamalarida faol va munosib ishtirok etgan millionlab yurtdoshlarni e’tirof etdi. “Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.
“Xorijiy investor O‘zbekiston deganda, birinchi navbatda, barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim. Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda o‘zini erkin va dadil his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Berlinda.
“Asakabank” farmatsevtika sohasida yangi loyihalarning 25 foizgacha qismiga o‘z ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatiladi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 36 gektarlik maydonda “Mening birinchi uyim” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida 2,5 mingta oila uchun 58 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Ushbu uylardagi 2 va 3 xonali xonadonlar uchun oylik to‘lov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka to‘lovlaridan arzon bo‘ladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida parlament va prezident vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir nomzodi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng prezident tomonidan taklif etiladi. Palata va Senat o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Parlament tomonidan ma’qullangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda. Avvalroq Konstitutsiya yangilanganidan keyin prezident va qator boshqa mansabdorlar ham xuddi shu lavozimlarga qayta saylanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting