Yangi Toshkentda “eski” Toshkent bilan bog‘langan tramvay va metroning yagona tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. “Yangi shaharga metroda 30−35 daqiqada yetib borish mumkin… Avtomobilda kelishga ehtiyoj qolmaydi” , — deydi qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Odilov.
Toshkentdagi qator ko‘chalarni qayta loyihalashtirishda qatnashgan Arkadiy Gershman Parij misolida zamonaviy tramvay tizimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida video tayyorladi. Yaqin yillarda Toshkentga tramvay qaytishi kutilmoqda. Shu nuqtai nazardan “Gazeta.uz” urbanist e’tibor qaratgan asosiy nuqtalarni jamladi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkent ichidagi tramvay liniyasining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tramvaylarni mahalliylashtirish talabini qo‘ymoqda.
Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.
Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.
Toshkentni transport kollapsidan qanday qutqarish mumkin? Transport tizimi boshqarilishi kerak, deydi SIMETRA transport kompaniyasi eksperti Vladimir Valdin. U poytaxt transportini rivojlantirish yo‘nalishlari va transport muammolarini shahar darajasida idrok etish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
Ma’lum yo‘nalishlardagi transport ehtiyoji boshqa transport turi yo‘lovchilar oqimini eplay olmayotganini ko‘rsatsa, Toshkentga tramvay qaytishi mumkin. Buni hisoblash uchun Transport vazirligi keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazadi hamda Toshkentda transportga bo‘lgan ehtiyojning makromodelini ishlab chiqadi.
Avgustda Toshkentda zamonaviy «shovqinsiz» tramvayni ishga tushirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, bunda ikkita — TTZ hamda «Ippodrom» dan Shimoliy vokzalgacha bo‘lgan yo‘nalish doirasida takliflar tayyorlangan.
Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi Toshkent hokimiga tayanib xabar berdi. Gruziya poytaxti meri Kaxa Kaladze Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili tashrifi doirasida ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.
Sergelidagi buziladigan 409 ta yog‘och uy, ikkiga ajratilgan Turizm va sport vazirligi, 1 noyabrgacha Toshkentda ishga tushadigan pullik yo‘l bo‘yi «parkovkalari», «Yetti o‘lchab bir kesib» tramvaylar marshrutlari aniqlanishi, poytaxtga olib kelinadigan 18 metrli «garmoshkali avtobuslar», Navro‘zda ketma-ket 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumani faollari bilan uchrashuvda jamoat transporti, xususan, tramvay haqida so‘z ochgan. Davlat rahbari tramvayni xavfsiz, ekologik toza transport deb atab, uni Toshkentga qaytarish qarorini «adolatli» deya baholagan.
Tramvayning afzalliklari borasida hech qaysi mutaxassis shubha qilmaydi. «Dunyoda bu masala „yopilgan“», deydi jurnalist Valentin Bogdanov. Tramvayning yo‘q qilinishi sun’iy ravishda unga nisbat berilgan muammolarning hech birini hal qilmadi. Jamoat transporti o‘zining bashoratliligi va hammabopligini yo‘qotdi, ko‘chalar esa yanada xavfliroq bo‘ldi. Tramvay qaytadigan bo‘lsa, «g‘ildirakni qayta kashf qilishning hojati yo‘q» — barcha liniyalar yaxshi rejalashtirilgan edi, deb ta’kidlaydi u.
«Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi», — deya ma’lum qildi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. «Gazeta.uz» e’lon qilgan maqoladan keyin hokimlik ko‘chani rekonstruksiya qilish loyihasiga o‘zgartishlar kiritdi — u yerga avtobuslar uchun yo‘lak qo‘shildi va chorrahalardan biri o‘zgartirildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolar bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishini aytgan Shavkat Mirziyoyev, maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi, Andijondagi tibbiyot markazidagi portlash tafsilotlari, Demokratiya indeksi reytingida 150-o‘rinni egallagan O‘zbekiston, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga zo‘ravonlik qilgan hodim, yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident tramvayni Toshkentga qaytarish haqidagi bayonotidan oldin «Gazeta.uz» taniqli jurnalistlar va jamoat arboblaridan ushbu transport turining bekor qilinishi bilan shahar nima yo‘qotganligi haqidagi fikrlarini so‘ragan edi. Ular bir ovozdan tramvayning yo‘q qilinishi katta xato bo‘lgani, poytaxtning transport muammolarini yanada kuchaytirgani va uning qaytishi jamoat transportini rivojlantirishning yagona oqilona yo‘li ekanini tasdiqlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari tramvay bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab xatlar va murojaatlar kelayotganligini ta’kidlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay elektr tarmog‘idagi uzilish sabab to‘xtab qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib harakatga keltirilgani yuzasidan izoh berildi. Unda ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar tramvay boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun itarib, chorrahani bo‘shatib qo‘yishga ko‘maklashishgan.
Roppa-rosa besh yil oldin toshkentliklar tramvaydan — shaharning 115 yillik tarixining bir qismidan mahrum bo‘lishdi. Tramvayni Samarqandga ko‘chirib o‘tishdi, ammo uning qo‘riqchilari poytaxtda qolishdi. Abdimurat Shatursunov hayotining 30 yilini yengil temir yo‘l transportiga bag‘ishladi. U vagonda rafiqasini uchratdi, farzandining dunyoga kelishini nishonladi va tramvayning g‘ildiraklari ovozi ostida nafaqaga chiqishni xohlardi. Ammo g‘ildiraklar vaqtliroq to‘xtashdi. Shatursunov Toshkent tramvayini qay holatida eslaydi va nima uchun hali-hanuz jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishda davom etyapti — Sabina Bakayeva reportajida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting