Sergelidagi buziladigan 409 ta yog‘och uy, ikkiga ajratilgan Turizm va sport vazirligi, 1 noyabrgacha Toshkentda ishga tushadigan pullik yo‘l bo‘yi «parkovkalari», «Yetti o‘lchab bir kesib» tramvaylar marshrutlari aniqlanishi, poytaxtga olib kelinadigan 18 metrli «garmoshkali avtobuslar», Navro‘zda ketma-ket 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tumanlarning ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergelidagi tegirmon-yorma sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadagi ishchilar yotoqxonasida havo-gaz chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bunga gaz quvurlarining nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa tufayli 18 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi uylardan birida chiqqan yong‘in boshqa xonadonlarga ham o‘tdi. Aholi yong‘inga elektr tarmoqlaridagi muammo sababli yuzaga kelganini ma’lum qildi. FVV o‘t o‘chiruvchilar yo‘llardagi tirbandliklar va yer osti gidrantining suv bosimi past bo‘lgani yong‘inni tezlik bilan o‘chirishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.
Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida jumaga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergeli tumanida muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs mast holatda avtoturargohda turgan mashinani to‘sgan. Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelib, tan jarohatlari yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sergeli tumanida 14 tup daraxt ekskvator bilan noqonuniy tarzda qo‘porib tashlandi. Yetkazilgan zarar 151 mln 194 ming so‘mga baholanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududini o‘zgartirish to‘g‘risidagi loyihani qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Ulug‘bek shaharchasi aholisi ushbu rejalardan norozi bo‘lgan edi.
“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.
Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting