Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Farhod Dehqonov Toshkent shahar, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

iFly Airlines`ga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish vaqtincha taqiqlandi

“O‘zaviatsiya” agentligi Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasining O‘zbekistonga parvozlariga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Avvalroq kompaniya agentlikdan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotgan.

Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Barcha sohalarda Germaniya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va barcha sohalarda Germaniya tajribasidan foydalanish bo‘yicha rejalar haqida gapirdi. “Nima uchun men Karl Marksni ko‘p o‘rganaman?.. Qanday inqirozlarga duch kelishidan qat’i nazar, ta’lim bor, bilim bor, ilm bor. Ilm natijasida, mana, Germaniyaning iqtisodiyoti inqirozda qanchalar tik turibdi”, — deya ta’kidladi prezident.

Foto: Uchinchi Samarkand Half Marathon qanday o‘tdi?

O‘zbekistonda uchinchi marta Samarkand Half Marathon xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi. 21 km masofada eng yaxshi natijani erkaklar o‘rtasida surxondaryolik Shohrux Davlatov, ayollar orasida esa qirg‘izistonlik Gulshanoy Sattorova qayd etdi. Marafonda jami 2175 sportchi ishtirok etdi, bu 2019 yildagi yarimmarafonga qaraganda qariyb ikki baravarga ko‘p degani.

Buxoroda elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Buxoro viloyatida elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Koreyaning Songuo Mobility Innovation kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 210 mln dollarga teng.

Kasaba uyushmasi bir xodimga yil davomida 5 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarfladi

Kasaba uyushmalari tomonidan yil boshidan beri 14 mingga yaqin xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 13,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi. Jamoa shartnomasini bajarish uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha bir xodimga yil davomida sarflangan mablag‘ miqdori 1,5 mln so‘mdan 5 mln 62 ming so‘mgacha oshdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun 11−12 noyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.

Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi

2024 yilgi Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarda o‘zbekistonlik sportchilar uchun 26 sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziya olish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘yinlarda birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida teng miqdordagi litsenziyalar taqsimlanadi. MOQga Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshiradigan sportchi ayollar sonini ko‘paytirish topshirildi.

Olmaliqda shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ayol kishini urgani aytilmoqda

Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deyilayotgan shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

2022 yildan 1hls.uz platformasidagi to‘lovlar davlat budjetida nazarda tutiladi

Prezident qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022 yil uchun davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Shuningdek, 1hls.uz ilovasida haqiqatda piyoda yurganligini aniqlovchi mexanizm joriy etiladi.

Toshkentdagi yana bir chorrahadan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilindi

Ahmad Donish, Sebzor va Nurafshon ko‘chalari kesishmasi qaytadan tashkil etildi. Chorrahadan faqat to‘g‘riga harakatlanishga ustuvor ahamiyat sifatida qaralgan, o‘ngga burilish qo‘shimcha yo‘l, chapga burilishlar esa aylanma yo‘l va ortga qayrilish yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Hokimiyat qo‘llanmani e’lon qildi.

“O‘zbekiston menga kirishni taqiqladi” — Agneshka Pikulitska

Polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning unga O‘zbekistonga kirish taqiqlanganini, shu sababli u 7 noyabrdan beri “Qozog‘iston bilan chegarada qolib ketgan"nini ma’lum qildi. U bu qarorini jurnalistik faoliyati bilan bog‘lamoqda. “O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin degan umidda O‘zbekistonga kelganimga uch yildan oshdi. Hozirgi hukumat davrida hech qanday tizimli o‘zgarishlar bo‘lmaydi, degan ishonch bilan ketyapman”, — deb yozdi jurnalist.

Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

1 — 7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali jami 9,4 mlrd so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotildi. Shuningdek, birja savdolari orqali jami 1 trln 442,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yildan 40 yoshdan oshgan barcha fuqarolar yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yurak-qon tomir kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi. Tumanlardagi har bir mahallada “gipertoniya salomatlik maktablari"ni tashkil etiladi.

Changda inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas — Innovatsiya vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkentda kuzatilgan chang-qumli bo‘rondang so‘ng “Beruniy” metro bekati va “Akadem shaharchasi” hududidan olingan chang namunalari xavfsiz bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi. “Chang tarkibida og‘ir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas”, — deyiladi xabarda.

“Toshkentda sodir bo‘lgan qum bo‘roni bizniki emas”. Prezident va poytaxt hokimi chang-qumli tuman haqida

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuzatilgan qum bo‘ronlari “bizning qumlarimiz emasligini” ta’kidladi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev esa “Toshkentga Qozog‘istondan kelgan chang hozirgi kunda yana Qozog‘istonga qaytib ketganini” aytib o‘tdi.