Polshalik jurnalist Agneshka Pikulicka uning O‘zbekistonga kirishi taqiqlangani va bir kundan ortiq vaqtdan beri u O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida ekanligi haqida xabar berdi. Bu haqda u Twitter`da yozgan.

Jurnalistning Eurasianet nashriga xabar berishicha, u har oy O‘zbekistondan chiqib ketish talabini bajarish uchun Qozog‘istonga borgan, chunki u mamlakatda 30 kungina vizasiz qolishi mumkin. U chegarani kesib o‘tgan, so‘ng darhol mashinada qaytib kirmoqchi bo‘lgan. Biroq chegarachilar uni kiritishga ruxsat berishmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u avval ham xuddi shunday ishni amalga oshirgan.

Agneshka Pikulitskaning yozishicha, u «sovuqda ikki chegara o‘rtasida qolib ketgan», chunki u koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar tufayli Qozog‘istonga bora olmaydi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «mehribonlik ko‘rsatib» uni Toshkent aeroportiga olib borishi va Turkiyaga chipta sotib olib, uyiga narsalarni olib ketishlari mumkinligini ma’lum qilgan. Ammo u rad etgan, chunki tayyorlanishiga atigi 10 daqiqa qolgan bo‘lgan.

«O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin degan umidda O‘zbekistonga kelganimga 3 yildan oshdi. Hozirgi hukumat davrida hech qanday tizimli o‘zgarishlar bo‘lmaydi, degan ishonch bilan ketyapman», — deb yozadi u.

Jurnalistning qayd etishicha, Polsha elchixonasiga O‘zbekiston nima sababdan uning mamlakatga kirishini rad etishga qaror qilgani haqida hozircha hech qanday ma’lumot kelib tushmagan.

«Taklifni rad etganimdan beri men hamon chegaradaman, sovuqda, na ovqat, na uxlash uchun oddiy joy bor. Men hech qanday jinoyat qilmadim, shunchaki o‘z ishimni qildim», — deya qayd etdi Agneshka Pikulitska.

U avvalroq duch kelgan bosim va obro‘sizlantirishga urinishlarni eslatdi. Shu bilan birga, u barcha chegarachilarga «mehribonlik va tushunish» uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Men sovuq qotdim va charchadim, lekin muzlab qolishimga imkon berishmayapti. Men chegarani iloji boricha tezroq tark etishni, shu bilan birga o‘z mulkimga ham egalik qilishni istayman. Men jinoyatchi emasman, jurnalistman. BU JINOYAT EMAS», — dedi u.

«Gazeta.uz» O‘zbekiston TIVga so‘rov yubordi.

Agneshka Pikulitska fevral oyi boshida Al Jazeera telekanalining O‘zbekistondagi muxbiri sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Bungacha jurnalist TIV xodimining ta’qibi va akkreditatsiyadan o‘tishga urinayotgani haqida gapirgan edi. Keyinroq Tashqi ishlar vazirligi undan uzr so‘ragan.

Aprel oyida O‘zbekiston IIV jurnalistni kaltaklangan bloger Miraziz Bazarov atrofidagi vaziyatni xolis yoritishda va huquq-tartibot idoralarini obro‘sizlantirishda ayblagan edi.Agneshka Pikulitska buni jurnalist sifatida obro‘sizlantirishga urinish deb atadi va agar u haqiqatdan ham OAV haqidagi qonunchilikni buzgan bo‘lsa, sudga berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Iyun oyida TIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi» sababli uning akkreditatsiyasini uзайтирмасликkaqaror qilgan.