O‘zbekiston Malayziyaning Petroliam Nasional Bhd (Petronas) kompaniyasi bilan birgalikda gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz yirik neft va kimyo kompaniyasi Petronas bilan ikkita katta loyihani amalga oshirishga kelishib oldik. Birinchisi MTO texnologiyasi, gazimizni chuqur qayta ishlash va gazdan polimerlar ishlab chiqarishga asoslangan. Ikkinchisi — gazdan „yashil“ ammiak ishlab chiqarish loyihasi. AQSh va Yevropa davlatlarida „yashil“ o‘g‘itlarga talab ortib bormoqda, shu bois eksport bo‘yicha bu bizning iqtisodiyotimiz uchun juda muhim loyiha”, — dedi u.

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 17−19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ldi. Bu Malayziya rahbariyatining so‘nggi 16 yil ichida O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘ldi.

Rahbarlai qo‘shma bayonotda Petronas kompaniyasining neft-gaz sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha salohiyatli ishtirokini olqishladi.

2013-yil o‘rtalarida Malayziya kompaniyasi Surxondaryo viloyatidagi Boysun investitsion blokidagi konlarni qidirish va o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulot taqsimoti va va Ustyurt hududining Urga, Quanish va Aqchalak guruhini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvdan chiqish qarori haqida xabar bergandi (loyiha hozirda Surhan Gas Chemical Operating Company tomonidan amalga oshirilmoqda). 2014-yilda kompaniya O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopgan.

2009-yilda kompaniya sintetik yonilg‘i ishlab chiqarish zavodini (Uzbekistan GTL) qurish loyihasini amalga oshirgan, biroq 2011-yil iyun oyida qo‘shma korxonadagi ulushini 33,3 foizdan 11 foizga kamaytirgan, keyin esa boshqa investorlar bilan birgalikda iqtisodiy maqsadga muvofiq emasligi sababli loyiha tarkibidan chiqqan.