Prezident Shavkat Mirziyoyev 11−12 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.

Hozirda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. Mamlakatimiz tashkilotga 2019 yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.