Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahri buyum bozorida shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Fayoz Sirochev deyilayotgan shaxsning ayol kishiga qo‘l ko‘targani haqida xabarlar tarqaldi (video).

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, hozirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi.

Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan.