Farhod Dehqonov Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bungacha u shahar hokimligi rahbarining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlab kelgan.

Farhod Dehqonov 1980 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.

Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga ham yangi rahbar tayinlandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi «Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxromjon Jumanov boshqarma boshlig‘i bo‘ldi. 1970 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi olim-agronom.

Davlat ekologiya qo‘mitasining qayd etishicha, har ikkala yangi rahbar ham prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali qo‘mita tomonidan e’lon qilingan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan. Ular mos ravishda 82,5 va 80 ball to‘plab, sinovdan o‘tkazilgan hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi tanlov komissiyasi bilan suhbatdan o‘tkazilgan.