Jahon

Italiyada Alisher Usmonovning mol-mulki musodara qilindi
30 mart 2022, 23:22

Italiyada Alisher Usmonovning mol-mulki musodara qilindi

Italiyaning Sardiniya orolida rossiyalik oligarx Alisher Usmonovning mol-mulklari musodara qilindi. Jumladan, tadbirkor 17 mln yevrolik villasi va 66 mln yevrolik aktivlari bo‘lgan oltita kompaniyasidan ayrilgan. Shunindek, pulemyot va qo‘l granatalari hujumlariga bardoshli qiymati 600 ming dollardan ziyod Mercedes Maybach S650 Guard VR10 avtomobili ham olib qo‘yilgani aytilmoqda.

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi
29 mart 2022, 19:16

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi

Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ukraina xalqaro xavfsizlik kafolatlari masalasida o‘z takliflarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshilik qilmaydi, mamlakat xavfsizligi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari tomonidan kafolatlanadi. Ayni vaqtda Kiyev harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan bosh tortishga va’da berdi. Rossiya esa Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik keskin qisqartirilishini ma’lum qildi.

Ukrainaning urush natijasidagi iqtisodiy yo‘qotishlari 564,9 mlrd dollarga yetgani aytildi
29 mart 2022, 11:54

Ukrainaning urush natijasidagi iqtisodiy yo‘qotishlari 564,9 mlrd dollarga yetgani aytildi

Ukrainadagi urush natijasida bir martalik iqtisodiy yo‘qotishlar qiymati 564,9 mlrd dollarga yetdi, deya ma’lum qildi Ukraina iqtisodiyot vaziri. U «raqamlar o‘sishda davom etishini» ta’kidladi. Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, urush natijasida Ukraina iqtisodiyotining 35 foizga pasayishi kutilmoqda.

Ukrainadagi urush kambag‘al mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin — JST rahbari
29 mart 2022, 10:25

Ukrainadagi urush kambag‘al mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin — JST rahbari

JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi oziq-ovqat narxlari va ochlikka sezilarli darajada ta’sir qilishini ta’kidladi. U Afrikaning ko‘plab mamlakatlari Qora dengiz mintaqasidan keladigan oziq-ovqat ta’minotiga bog‘lanib qolganini qayd etdi. Rossiya va Ukraina butun dunyo bug‘doy ta’minotining 24 foizini, kungaboqar yog‘i va kunjara eksportining taxminan 80 foizini tashkil qilishadi.

«Oskar-2022» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
28 mart 2022, 10:24

«Oskar-2022» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda «Oskar» mukofotining 94-marosimida Uill Smitt eng yaxshi aktyor, Jessika Chesteyn esa yilning eng yaxshi aktrisasi deb e’lon qilindi. Eng yaxshi badiiy film nominatsiyasida CODA e’tirof etildi. «Dyuna» filmi 6 ta «Oskar» sohibi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tgan harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi
26 mart 2022, 17:11

O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tgan harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Abdurasul Tuyg‘unov va Abdumalik Abdurahmonov AQShning Missisipi shtatida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or jangchi-2022» musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Ular AQSh Milliy gvardiyasining Maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan fitnes test, 15 kg yuk bilan 20 kmga marsh yugurish, artilleriya olovini boshqarish, o‘qotar qurollarni yoyish va yig‘ish, o‘q otish hamda kutilmagan mashqlar doirasida o‘zaro kuch sinashdi.

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi
25 mart 2022, 20:32

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida 1351 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganligini, 3825 nafari esa yaralanganini ma’lum qildi. Vazirlik harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi asosiy vazifalari amalga oshirilganini aytdi. Ukraina va NATO Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lganligini aytmoqda.

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi
25 mart 2022, 10:45

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari» rezolyutsiyasini qabul qildi. Uni 140 davlat qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va 4 davlat qarshi chiqdi. 38 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. Rezolyutsiyada Rossiyadan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, fuqaro obyektlari va aholiga hujum qilmaslik, shaharlar blokadasini to‘xtatish talab qilinadi.

Afg‘onistonda 6-sinfdan yuqori o‘quvchi qizlarning maktabga qaytishiga ruxsat berilmadi
24 mart 2022, 18:05

Afg‘onistonda 6-sinfdan yuqori o‘quvchi qizlarning maktabga qaytishiga ruxsat berilmadi

Afg‘onistondagi maktablar 23 mart kuni barcha o‘quvchilar — ham o‘g‘il, ham qiz bolalar uchun ochilishi kerak edi, biroq o‘qish boshlangan kuni 6-sinfdan katta o‘quvchi qizlarlarga darsga kirishga ruxsat berilmadi yoki dars boshlanganidan bir necha soat o‘tib ketish buyrug‘i berildi. «De-fakto hokimiyatning layoqatsizligi, ularning bir necha bor va’da berishiga qaramasdan, 6-sinfdan kattaroq qizlar uchun maktablar qayta ochilmasligi chuqur umidsizlikka tushirdi. Bu Afg‘onistonga jiddiy zarar yetkazadi», — dedi BMT Bosh kotibi.

Finalissima: 1-iyunda Italiya va Argentina terma jamoalari superkubok uchun o‘ynaydi
24 mart 2022, 15:00

Finalissima: 1-iyunda Italiya va Argentina terma jamoalari superkubok uchun o‘ynaydi

1 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa va Janubiy Amerika qit’alari chempionlari o‘rtasida superkubok o‘yini o‘tkaziladi. Italiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Londonning Uembli stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar
24 mart 2022, 11:17

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar

Iqtisodchilar Sergey Guriyev va Oleg Isxoki Yevropa Rossiya neft va gazi importiga nisbatan ta’qiq kiritishi qanday qilib Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Ularga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Kremlni harbiy harakatlarni davom ettirishga ko‘maklashuvchi mablag‘lardan mahrum qilishi mumkin.

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt vafot etdi
24 mart 2022, 10:15

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt vafot etdi

AQSh Davlat departamentini boshqargan birinchi ayol Madlen Olbrayt 84 yoshida vafot etdi.

«Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi» — BMT rahbari
23 mart 2022, 15:55

«Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi» — BMT rahbari

BMT bosh sekretari Antoniu Guterrish Rossiya Ukrainada olib borayotgan va oqibatlari butun dunyoda sezilayotgan «bema’ni urushni» to‘xtatishga chaqirdi. «Ukraina xalqi hozir haqiqiy do‘zzaxda yashayapti», mahsulotlar, energotashuvchilar va o‘g‘itlarga narxlarning oshishi esa «katta miqyosdagi oziq-ovqat defitsiti va ochlikka olib kelishi mumkin», deya ogohlantirdi u.

Aleksey Navalniyga 9 yillik qamoq jazosi belgilandi
22 mart 2022, 18:11

Aleksey Navalniyga 9 yillik qamoq jazosi belgilandi

Moskvaning Lefortovo sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyni «firibgarlik» va «sudni haqoratlash»da aybdor deb topdi va uni 9 yilga og‘ir rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Siyosatchi 1,2 mln rubl miqdorda jarima ham to‘laydi.

Rossiyada Facebook va Instagram taqiqlandi, Meta ekstremistik tashkilot deb e’lon qilindi
22 mart 2022, 12:12

Rossiyada Facebook va Instagram taqiqlandi, Meta ekstremistik tashkilot deb e’lon qilindi

Moskva sudi qarori bilan Meta kompaniyasi ekstremistik tashkilot deb tan olindi, Facebook va Instagram Rossiyada taqiqlandi. Endilikda rossiyaliklar ushbu ijtimoiy tarmoqlarda reklama sotib olishsa, bu ekstremistik tashkilotni moliyalashtirish deb qaralishi mumkin. WhatsApp messenjeriga taqiq qo‘yilmadi.

BMT Ukrainada 925 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi
22 mart 2022, 10:14

BMT Ukrainada 925 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

24 fevraldan 20 martgacha Ukrainadagi urushda 925 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 1496 nafari yaralandi. Bu BMT tasdiqlagan raqamlar, biroq haqiqiy raqam bundan ham yuqori. 10 mln ukrainaliklar yoki butun mamlakat aholisining to‘rtdan biri uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning 3,5 mlnga yaqini mamlakatdan chiqib ketgan.

Xitoy janubida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi
21 mart 2022, 22:00

Xitoy janubida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Bortida 132 kishi bo‘lgan Boeing-737−800 Xitoy janubida qulab tushdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 11 pog‘ona pastladi
20 mart 2022, 09:37

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 11 pog‘ona pastladi

2022-yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 11 pog‘ona pastlab, 53 o‘rinni egalladi. Natijada Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingdagi yetakchilik 40 o‘rinni qayd etgan Qozog‘istonga o‘tdi.

Rossiya Yevropa Kengashi a’zoligidan chiqarildi
16 mart 2022, 20:56

Rossiya Yevropa Kengashi a’zoligidan chiqarildi

Yevropa Kengashi (YeK) Vazirlar qo‘mitasi 16 martdan boshlab Rossiyani tashkilot a’zoligidan chiqarishga qaror qildi. Rossiya ushbu tashkilotga 26 yildan beri a’zo hisoblanardi.

Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari Kiyevga tashrif buyurdi
16 mart 2022, 14:15

Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari Kiyevga tashrif buyurdi

Kiyevga Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari tashrif buyurishdi. «Aminmanki, shunday do‘stlar, mamlakatlar va qo‘shnilar hamda sheriklar bilan biz haqiqatan ham g‘alaba qozona olamiz», — dedi Ukraina prezidenti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting