China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737−800 yo‘lovchi samolyoti Xitoy janubidagi Guansi avtonom viloyati tog‘lariga qulab tushdi, deya xabar bermoqda CGTN. Samolyot bortida 123 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Fojea sabablari va omon qolganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Layner Guanchjoudagi Kunmin shahridan havoga ko‘tarilgan bo‘lgan. Samolyot qulashi oqibatida o‘rmonda yong‘in boshlandi, lekin u o‘chirildi. 540 qutqaruvchidan iborat guruhlar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

China Eastern Airlines Boeing 737−800 samolyotlarining uchishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Samolyot qulaganidan so‘ng ishlab chiqaruvchi kompaniyaning (Boeing) aksiyalari 7,8% ga arzonladi.

Aviakompaniya layner bortida xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lmaganligini ma’lum qildi.