AQShning Los-Anjeles shahridagi Dolby Theatre binosida 94-marotaba «Oskar» mukofotining nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblariga topshirildi.

Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi» bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi aktyori nominatsiyasida «Qirol Richard» filmidagi roli uchun Uill Smitt, eng yaxshi aktrisa sifatida esa Jessika Chesteyn «Temmi Feyning ko‘zlari» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotiga loyiq topildi.

Marosim chog‘ida boshlovchi Kris Rok avtoimmun kasallik tufayli sochi to‘kilgan Uill Smitning rafiqasi Jada Pinkett Smitning «ajoyib soch turmagi» haqida hazil qildi. Uill Smit sahnaga chiqib, unga musht tushirdi. Uill Smit mukofotni olgandan keyin qilgan nutqida kechirim so‘radi va hayotda oilani himoya qilish muhimligini ko‘z yoshlari bilan aytdi.

«It kuchi» filmi rejissyori Jeyn Kempion eng yaxshi rejissyor deb tan olindi. Disney studiyasining «Enkanto» multfilmi энг yaxshi animatsion film nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

«Dyuna» filmi ijodkorlari turli xil nominatsiyalarda 6 ta «Oskar»ga ega chiqishdi.

Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi». Foto: JoBlo.com

Eng yaxshi aktrisa — Jessika Chesteyn — «Temmi Feyning ko‘zlari». Foto: Movieclips Trailers (YouTube)

Eng yaxshi animatsion film — «Enkanto». Foto: Popsugar

«Oskar-2021» mukofoti sovrindorlari:

  • Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi»;
  • Eng yaxshi aktyor — Uill Smitt («Qirol Richard» filmi);
  • Eng yaxshi aktrisa — Jessika Chesteyn («Temmi Feyning ko‘zlari»);
  • Eng yaxshi rejissyor — Jeyn Kempion «It kuchi»;
  • Eng yaxshi operatorlik ishi — Greg Freyzer («Dyuna»);
  • Eng yaxshi animatsion film — «Enkanto» (Disney);
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa — Ariana Debos («Vest sayd hikoyasi»);
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor — Troy Kotzur («CODA: Kar ota-onalarning farzandi»);
  • Eng yaxshi xorijiy badiiy film — «Mashinamni hayda» (Yaponiya);
  • Eng yaxshi liboslar dizayni — «Kruella»;
  • Eng yaxshi «akeup va soch turmagi — «Temmi Feyning ko‘zlari»;
  • Eng yaxshi vizual effektlar — «Dyuna»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Oynatozalagich» (ispan rejissyori Alberto Melgo);
  • Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Uzoq xayrlashuv»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Basketbol malikasi»;
  • Eng yaxshi original saundtrek — «Dyuna»;
  • Eng yaxshi montaj — «Dyuna».