Turkiya prezidenti Charlie Hebdo’ni sudga berdi

Anqara Bosh prokuraturasi tomonidan Fransiyaning «Charlie Hebdo» satirik jurnaliga qarshi Turkiya prezidentining karikaturasi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularga Turkiya jinoiy kodeksining uchta moddasi bo‘yicha prezidentni haqorat qilganliklari uchun ayblov e’lon qilindi. Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqalar bo‘limi axloqsiz deb hisoblagan karikatura nashr etilganidan so‘ng mamlakat kerakli huquqiy va diplomatik choralarni ko‘rishini ta’kidladi. Rasmiy Anqaraning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa tobora ko‘proq turklar va Islomga nisbatan nafratning botqog‘iga botmoqda». — RIA Novosti

Donald Tramp qochoqlarni qabul qilish kvotalarini rekord darajadagi 15 mingga tushirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp qochoqlarni qabul qilish kvotasini 2021 moliyaviy yilida (1 oktyabrdan boshlangan) 15 ming kishiga tushirdi, bu 1980 yildan beri eng past ko‘rsatkich. Tegishli memorandum 28 oktyabr kuni qabul qilindi. «2021 moliyaviy yil davomida AQSHga 15 minggacha qochoqlarni qabul qilish insonparvarlik nuqtai nazaridan yoki boshqa sabablar tufayli milliy manfaatlarga mos keladi», — deyiladi bayonotda. Prezident Yaman, Suriya va Somali kabi davlatlardan kelgan shaxslar (vaziyatlari alohida gumanitar tashvishga soladiganlar bundan mustasno) qochoq sifatida qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi. — TASS

Koronavirusga qarshi emlanganlar orasida kasallanish holatlari kuzatilyapti

«Sputnik V» koronavirusga qarshi emlash sinovlarida qatnashgan shaxslarda koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilayapti. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg ba’zi odamlarda haqiqatan ham COVID-19 ga test natijalari ijobiy natija berganligini aytdi, ammo bu emlash ishlamayotganligini anglatmasligini ta’kidladi. «Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, PSR-musbatlilari ham bor, ammo ularga platsebo (davolovchi xususiyatlarga ega bo‘lmagan preparat — таҳр.) berilgan bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarni faqat noyabr oyining o‘rtalarida taqdim eta olamiz», — dedi Ginsburg. — The Bell

Emi Koni Barret AQSH Oliy sudi sudyasi etib tayinlandi

AQSH Senati Emi Koni Barretni Oliy sud sudyasi lavozimiga tasdiqladi. U 27 oktyabr kuni Oq uyda sudya sifatida qasamyod qildi. U ushbu lavozimga sentyabr oyida 87 yoshida vafot etgan Rut Beyder Ginzburg o‘rniga tayinlandi. Emi Koni Barret nomzodini prezident Donald Tramp ilgari surgan. Qasamyod marosimida u Barretning «beg‘ubor» bayonotini yuqori baholadi va uning tayinlanishi erkinlik, tenglik va adolat g‘oyalarini ilgari surishini ta’kidladi. — Gazeta.uz