Xitoyning yana bir hududi qashshoqlikni yengmoqda

Xitoyning Xaynan orolining janubidagi avtonom okrugdagi kam ta’minlangan oilalarning daromadi yil boshidan beri 100 million yuanga (15 million dollardan ortiq) o‘sdi. Hukumat qashshoqlikni yengishda yangi ish o‘rinlarini yaratadigan elektron tijoratni rivojlantirish bilan bog‘laydi. Elektron tijoratini rivojlantirganidan so‘ng, kambag‘al deb hisoblangan 42 ming kishi daromadlari bo‘yicha o‘rta qatlamga o‘tishiga olib keldi. Hududda 3,4 mingdan ziyod kichik onlayn-do‘kon faoliyat yuritmoqda, shu yilning uch choragida ular 11 ming kishini ish bilan ta’minladi. Bundan tashqari, Xaynanda iste’molni rag‘batlantirish uchun festivallar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. — TASS

Gruziya 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirmoqchi

Yevropa sheriklari bilan kelishilganidan so‘ng Gruziya 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirmoqchi. «Biz 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga tayyor bo‘ladigan darajaga erishish uchun muhim ishlarni amalga oshirdik. Bu juda jiddiy ish jarayoni, bu yillar sayin davom etib kelmoqda», — dedi Gruziya tashqi ishlar vaziri. Uning gaplariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, viza rejimi va erkin savdo shartnomasini liberallashtirish shartlarining bajarilishi tufayli Gruziya yevropalashtirish jarayoni qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetdi. — lenta.ru

Shvetsiya keksalar uchun karantinni bekor qilishga qaror qildi

Shvetsiya pandemiya avj olgan paytda keksalar uchun karantinni bekor qilishga qaror qildi. Keksa odamlarning izolyatsiyasini tugatish bo‘yicha yangi tavsiyalar, hozirgi paytda bahorga qaraganda COVID-19 infeksiyasining past darajasi qayd etilganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, shved nafaqaxo‘rlari uzoq vaqt karantinga olingan, bu esa ruhiy salomatlik muammolarining kuchayishiga olib keladi. Sog‘liqni saqlash agentligi, shuningdek, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqinining alomatlarini ko‘rmasligini ta’kidladi. — Reuters.

«Vektor» rahbari yangi xavfli pandemiyani bashorat qildi

«Vektor» markazi direktori Rinat Maksyutovning aytishicha, 5−10 yil ichida yoki undan keyin hozirgi koronavirus pandemiyasidan kattaroq pandemiya yuzaga kelishi mumkin. «Virus tabiatini qo‘zg‘atadigan yana bir variantni tasavvur qilsa bo‘ladi, yuzaga chiqqan pandemiya yanada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyat 5 yoki 10 yil ichida yoki 20 yil ichida amalga oshishi mumkin», — dedi Maksyutov. Uning ta’kidlashicha, bunga bir qator sabablar, jumladan, insoniyatning sezilarli taraqqiyoti, sayyora chekka burchaklarida odamlarning paydo bo‘lishi va hayvonlarning yangi turlari bilan aloqalar kiradi. — RIA Novosti.

Tesla kompaniyasi yangi rekord o‘rnatdi

Kompaniya daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga oshdi. Daromad 8,77 milliard dollarni tashkil etdi, bu tahlilchilar prognozlariga qaraganda yaxshiroq bo‘lib chiqdi (ular 8,3 milliard dollar kutgan edi). Ilon Mask kompaniyasi rekord darajada foyda keltirdi (331 million dollar), ya’ni o‘tgan yilga nisbatan daromadlari 131 foizga o‘sdi. Mask iyuldan sentyabrgacha Tesla tarixidagi eng yaxshi chorak bo‘lganini ta’kidladi. — tesla.com