Virusolog koronavirusga qarshi antitanalar aholining qaysi guruhlarda kam miqdorda ishlab chiqarilishini aytdi

Koronavirusga qarshi antitanalar keksalar, spirtlik ichimliklarini qabul qiladigan, stress ostida va yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qilayotganlarda eng kam miqdorda yoki umuman ishlab chiqarilmasligi mumkin. Ushbu ma’lumot koronavirusga qarshi ilk vaksina ishlab chiqilgan Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg tomonidan aytildi. — Interfaks.

Gretsiya muhojirlar tufayli Turkiya bilan chegaradagi devorni qurib bitiradi

Gretsiya Turkiya bilan chegaradagi devorning uzunligini uch baravarga oshiradi va taxminan 26 kilometrlik qismini yakunlaydi. Qurilish mamlakatga taxminan 63 million yevroga tushadi va kelasi yilning aprel oyi oxiriga qadar qurib bitkazilishi kerak. Devorning maqsadi Turkiya tomonidan kelayotgan muhojirlar oqimini to‘xtatishdan iborat. — CBC

Honda benzinda yuradigan avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Foto: global/honda

Yaponiyaning Honda kompaniyasi 2022 yil oxiriga qadar Yevropa uchun benzinda yuradigan avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Shuningdek, 2022 yilga kelib kompaniya Yevropada dizelda yuradigan mashinalarni ishlab chiqarishni to‘xtatish istagini ham bildirmoqda. Kompaniya asosiy e’tiborni gibrid va elektr transport vositalariga qaratadi. — lenta.ru

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolari uchun vizasiz sayohat tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olishdi. Bu haqdagi bitim BAA rahbariyatining yuqori martabali vakillarini o‘z ichiga olgan delegatsiyaning Tel-Avivga tashrifi davomida imzolandi. Bitimni imzolash marosimida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin va BAAning ikki vaziri qatnashgan. BAA Isroil bilan vizasiz tizim borasida muzokaralar olib borgan birinchi arab davlati bo‘ldi. — Gazeta.uz

Yevropada koronavirus cheklovlari kuchaytirilmoqda

Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari COVID-19 kasalligiga chalinish holatlari ko‘payib borayotgani sababli karantin cheklovlariga qaytishmoqda. Yevropa kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, YeIning uchdan ikki qismi — 28 davlatdan 19 tasi “qizil hudud"ga kiritilgan. So‘nggi ikki hafta ichida u yerda kuniga 100 ming kishiga o‘rtacha 150 dan ortiq yangi kasallanish holatlari qayd etilgan. — Gazeta.uz

Ayol kishining qo‘lini siqishni istamagan livanlik erkakka Germaniya fuqaroligi berilmadi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg ma’muriy sudi 16 oktyabr kuni bo‘lgan jarayonda ayol bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan musulmon erkakning fuqarolik olish arizasini rad etdi. Sud bayonotida ayol bilan qo‘l berib ko‘rishdan bosh tortgan shaxs “Germaniyada yashash sharoitlariga moslasha olmasligi” ta’kidlandi. — Gazeta.uz