Noma’lum shaxs Fransiyaning Nitssa shahridagi Notr-Dam cherkovida odamlarga pichoq bilan hujum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Hodisa ertalab soat 9:00 atrofida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan. Qurbonlardan birining boshi olingan.

Hujum qilgan shaxs hibsga olingan, shahar meri Kristian Estrozi buni tasdiqladi va voqeani terakt deb atadi.

Shahar politsiyasi Nitssa markazidan eshitilayotgan portlash tovushlaridan qo‘rqmaslikka chaqirdi va bu tovushlarni minalardan tozalash bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan jarayon deya izohladi.