4 may kuni Farg‘onada Malibu avtomashinasi velosipedchini urib yubordi, deya xabar bermoqda «Zamon» informatsion dasturi.

Hodisa soat 18:30 larda Farg‘ona shahar Farg‘ona ko‘chasida sodir bo‘lgan. Malibu rusumli avtomashina haydovchisi A.N. yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan velosipedchini U.M.ni urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh hamda chap oyoq qismidan jarohat olib, shifoxonaga olib borildi. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, velosipedchi yo‘lning qatnov qismiga chiqib yuborishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.