27 may, payshanba kuni Toshkentning ikkita tumanidagi YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi.

Soat 14:55 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida Z.P.(1968 y.t.) boshqaruvidagi Nexia avtomobili va X.F. (1973 y.t.) boshqaruvidagi Isuzu avtobusi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Shu bilan birga, taxminan soat 21:30 larda Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida M.Sh. Matiz rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganida piyodani urib yuborgan. Natijada Namangan viloyatida tug‘ilgan Ya.L. (1979 y.t.) olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan piyoda vafot etgan.

Toshkent IIBB

Mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida odam o‘lishi) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilib, YTH sabablari aniqlanmoqda.