21 may kuni Yangihayot tumanida Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan, deya xabar berdi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Hodisa taxminan soat 20:00 da Yangihayot tumani Binokor ko‘chasida Lacetti avtomobilini boshqarib borgan S.S. (1967 y.t.) tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda A.B. (1966 y.t.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanuvchi 27 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarinining buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.