Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.

Hodisa 4 iyun kuni soat 10:50 larda, Chilonzor tumani, Baynalminal ko‘chasida joylashgan 26-uy ro‘parasida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv bo‘lgan.

Oqibatda Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

YHXBB axborot xizmati Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, Mercedes-Benz rusumli avtomobilda bo‘lgan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilar hamda Lacetti rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.