YTH 10 iyun kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, haydovchi, F.E. (1983 y. t.) Lacetti avtomobilini boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, A.T. (1976 y.t) boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Oqibatda Lacetti avtomobili haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.