1 iyun kuni Olmazor tumanida Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi piyodani urib yuborgan, deya xabar bermoqda Toshkent IIBB axborot xizmati.

Hodisa soat 22.40 da Olmazor tumani A. Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Buxoro viloyatilik Sh.Q. (1996 y.t.) ishonchnoma asosida Lacetti avtomobilini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Andijon viloyatilik A.M. (1986 y.t.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. 2 iyun kuni A.M. shifoxonada vafot etdi.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.