6 may kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida 10-sinf o‘quvchisi sodir etgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Soat 15:30 larda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi E.B. Lacetti`ni Urganch tumani hududidan o‘tgan 4P-162 sonli katta aylanma yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va Damas bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Urganch tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.