Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida yuk mashinasi yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.

Hodisa 17 may kuni Sayxunobod tuman hududidan o‘tuvchi 4K-675 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 26-maktabning 2-sinf o‘quvchilari yo‘lni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Shundan so‘ng «Gaz-53» ulardan birini urib yuborgan.

Bola olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

«Hodisaga transport vositasi haydovchisining beparvoligi hamda piyodaning yo‘l qatnov qismiga keskin chiqib ketishi sabab bo‘lgan», — deyiladi xabarda.