«toshkent» tegli maqolalar

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi
10 noyabr 2023, 16:47

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi

Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi
10 noyabr 2023, 14:41

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.

Toshkentdagi Matbuot uyi o‘rnida media shaharcha tashkil etiladi. Tender g‘olibi — Yangi Zamon Bino
9 noyabr 2023, 15:14

Toshkentdagi Matbuot uyi o‘rnida media shaharcha tashkil etiladi. Tender g‘olibi — Yangi Zamon Bino

Qurilish vazirligi Matbuot uyi majmuasini (“Gazeta korpusi”) rekonstruksiya qilish hamda uning o‘rni va tutash hududda media shaharcha qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda 98,8 mlrd so‘m taklif qilgan Yangi Zamon Bino g‘olib bo‘ldi.

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv
7 noyabr 2023, 17:51

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv

IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi
6 noyabr 2023, 22:45

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi. Unda 35 tonnalik 4 ta avtotreylerga 40 tonnalik 4 ta harbiy tanklar yuklanib, yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi. Ko‘prik yuklamaga bardosh berib, mustahkamligi isbotlandi.

8−10-noyabr kunlari Toshkent avtobuslari uchun yopilgan ko‘chalarni aylanib o‘tish sxemalari tayyorlanmoqda
6 noyabr 2023, 22:30

8−10-noyabr kunlari Toshkent avtobuslari uchun yopilgan ko‘chalarni aylanib o‘tish sxemalari tayyorlanmoqda

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti kunlarida Toshkentning markaziy ko‘chalari butunlay emas, balki faqat delegatsiyalar o‘tish vaqtida yopiladi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat” “Gazeta.uz”ga. Jamoat transporti uchun aylanma yo‘l sxemalari tayyorlanmoqda.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
3 noyabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremera, “Ayol yo‘li” festivali, Zokir Ochildiyev ishtirokidagi yumoristik shou, sirk tomoshalari, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkent jamoat transportida moslashuvchan yo‘lkiralar qanday bo‘ladi?
28 oktabr 2023, 17:38

Toshkent jamoat transportida moslashuvchan yo‘lkiralar qanday bo‘ladi?

1-noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida bir martalik yo‘l haqi 1400 so‘mdan 1700 so‘mga (naqd pul bilan 2000) oshadi. Bir soat ichidagi o‘tishlar, shuningdek, kunlik, haftalik, oylik va yillik tariflarga chegirmalar joriy etilmoqda. Tafsilotlar.

1-noyabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi oshadi
28 oktabr 2023, 12:56 1

1-noyabrdan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi oshadi

1-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi. ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda, bir soat ichida birinchi safar uchun yo‘l haqi 1700 so‘mni tashkil qiladi.

Shayxontohur tumanidagi Ecobozor savdo majmuasida yong‘in chiqdi
28 oktabr 2023, 10:00

Shayxontohur tumanidagi Ecobozor savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Shanba tongida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Ecobozor majmuasida yong‘in chiqib, bozorning tashqi devor qoplamasi va shu joydagi kafega zarar yetdi. FVV hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar
25 oktabr 2023, 18:37

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri
25 oktabr 2023, 16:46 1

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

Toshkentda BYD haydovchisi piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi
23 oktabr 2023, 21:58

Toshkentda BYD haydovchisi piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi

Toshkentda 22 yoshli haydovchi qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi. Salonda turib olingan xavfli mashina haydash holati Instagram`ga joylandi. YHXBB xodimlari bayonnoma tuzib, “profilaktik suhbat” o‘tkazdi. Haydovchi 3,3 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi
16 oktabr 2023, 16:43

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi
16 oktabr 2023, 15:14

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi

Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
14 oktabr 2023, 21:10

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.

Toshkent hokimligi va BYD o‘rtasida 2000 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi
11 oktabr 2023, 20:08

Toshkent hokimligi va BYD o‘rtasida 2000 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Toshkent hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasidan 2000 dona K9UD eBus elektrobuslarini xarid qiladi. 200 ta avtobusning birinchi partiyasi 2024-yilda keltirilishi kerak.

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi
7 oktabr 2023, 14:00

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi
7 oktabr 2023, 13:13

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting