«toshkent» tegli maqolalar


Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?
18 yanvar 2024, 12:45

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi
17 yanvar 2024, 17:45

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi

Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.

Toshkent havosi yana “zararli” darajani ko‘rsatdi
17 yanvar 2024, 10:33

Toshkent havosi yana “zararli” darajani ko‘rsatdi

O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori
15 yanvar 2024, 22:02

Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori

Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)
14 yanvar 2024, 22:09

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)

Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.

Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi
12 yanvar 2024, 14:50

Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havoni muhofaza qilish choralarini taklif qildi. IESlarda mazut va ko‘mirdan foydalanishni, Ai-80 rusumli benzinni taqiqlash, yuk mashinalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishini cheklash va markaziy ko‘chalarda mashinalardan xoli hududlar tashkil etish shular jumlasidan.

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda
11 yanvar 2024, 09:10

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda

Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida
9 yanvar 2024, 06:21

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.

Tongda Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan oshmadi
4 yanvar 2024, 09:18

Tongda Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan oshmadi

Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.

Toshkent hokimiyati Fitch agentligi reytingini qaytarmoqchi
3 yanvar 2024, 12:50

Toshkent hokimiyati Fitch agentligi reytingini qaytarmoqchi

Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2024, 11:54

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.

Toshkent shahrining 2024-yilgi budjeti tasdiqlandi. Daromadlar qanday oshadi?
29 dekabr 2023, 22:34

Toshkent shahrining 2024-yilgi budjeti tasdiqlandi. Daromadlar qanday oshadi?

Toshkent shahri kengashi 2024-yilgi budjetni tasdiqladi. Bu yil ham jamoatchilik muhokamasi va jonli efir bo‘lmadi. YAHM o‘sishi tezlashishi kutilmoqda. Aholidan olinadigan daromad solig‘i, davlat tashkilotlari foydasidan olinadigan daromadlar keskin oshishi hisobiga budjet 8 trln so‘mni tashkil etadi.

“Ai-80 benzini, isitishda mazut va ko‘mirdan foydalanish”. O‘zgidromet rahbari — Toshkent havosi ifloslanishi sabablari haqida
29 dekabr 2023, 15:42

“Ai-80 benzini, isitishda mazut va ko‘mirdan foydalanish”. O‘zgidromet rahbari — Toshkent havosi ifloslanishi sabablari haqida

O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, sovuq havoda isitish tizimlari gazdan tashqari mazut va ko‘mir bilan ishlagan, gaz shoxobchalarining yopilishi esa Ai-80 benzini iste’molining oshishiga olib kelgan.

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)
24 dekabr 2023, 09:42

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi
20 dekabr 2023, 10:19

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi

Poytaxt IIBB Humo Arena`da bo‘lib o‘tadigan Hammali & Navai guruhining konsertiga kamida bir soat oldin kelishni va elektron chiptalarni qog‘ozga almashtirishni tavsiya qildi. Avvalroq ushbu majmuaning kirish qismida Jah Khalib konserti boshlanishidan oldin tiqilinch va tartibsizliklar yuz bergandi.

Toshkentdagi yerusti piyodalar o‘tish joylari nima uchun noqulay va xavfli?
19 dekabr 2023, 14:31

Toshkentdagi yerusti piyodalar o‘tish joylari nima uchun noqulay va xavfli?

“NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida poytaxt qanday qilib o‘z aholisini, jumladan, nogironligi bor insonlar, qariyalar, homilador ayollar va farzandlarini aravachada olib ketayotgan ota-onalarni yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushishga majburlayotganini tasvirga oldik.

Toshkentda yana 6 nafar shaxs jinoyatchilikda gumonlanib qo‘lga olindi
18 dekabr 2023, 17:28

Toshkentda yana 6 nafar shaxs jinoyatchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida firibgarlik va tovlamachilikda gumonlanib olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Poytaxt IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar tegishli joylarga murojaat qilishini so‘radi.

Toshkentning Yangi yil archalari o‘rnatiladigan joylari ro‘yxati
13 dekabr 2023, 16:32

Toshkentning Yangi yil archalari o‘rnatiladigan joylari ro‘yxati

Toshkentda Yangi yil tadbirlari 27-dekabrdan 8-yanvarga qadar o‘tkaziladi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Poytaxtning yana 17 ta manziliga ham archalar o‘rnatiladi.

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi
13 dekabr 2023, 12:17

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting