Toshkentning Hamid Olimjon maydonidagi “Moskva” uylari nomi bilan mashhur bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchilar “Gazeta.uz” tahririyatiga bir kun avval hokimlik vakillari taqdim etgan binolarni rekonstruksiya qilish eskizlarini jo‘natdi.

Eskizlarda 8 ta oyna bilan o‘ralgan 18 qavatli “Moskva” ko‘p qavatli uylari, shuningdek, Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab joylashgan 3 ta 9 qavatli uylarning taklif etilayotgan loyihasi tasvirlangan.

Aholiga taqdim etilgan eskiz.Aholiga taqdim etilgan eskiz.

Uy shirkatlaridan aholini rekonstruksiya rejalari haqida xabardor qilish so‘ralgan. Qayd etilishicha, rekonstruksiya uchun materiallarning bir qismi allaqachon yetkazib berilgan, biroq ish boshlanmagan.

Aholi nafaqat uylar asl qiyofasini yo‘qotishidan, balki xonadonlarda ventilyatsiya tizimi yomonlashishidan xavotirda.

Ko‘p qavatli binolarning hozirgi ko‘rinishi. Foto: Shuxrat Latipov / “Gazeta.uz”.Ko‘p qavatli binolarning hozirgi ko‘rinishi. Foto: Shuxrat Latipov / “Gazeta.uz”.

Bundan tashqari, ish konstruksiya tuzilmalariga qanday ta’sir qilishi noma’lum. Ish, shuningdek, kvartiralarning egalari sifatida aholi bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak, deydi ular.

Hokimiyat: Ta’mirlash bo‘yicha muhokama olib boriladi

Toshkent hokimligi “Gazeta.uz”ning so‘roviga javoban, shahardagi 70 dan ortiq uylar, jumladan, muhokama qilinayotgan ko‘p qavatli uylarning qiyofasini yangilash dasturi rejalashtirilmoqda.

Aholiga taqdim etilgan takliflar pudratchi tomonidan ishlab chiqilgan, bunday taklif kamida uchta bo‘lgan, biroq hokimlik ularni hali muvofiqlashtirmagan va ma’qullamagan, deya ta’kidladi shahar hokimligi.

Hokimlik bu boradagi ishlar uylarda yashovchilar bilan bir qatorda arxitektorlar bilan ham maslahatlashilishiga ishontirdi.

“Tashqi dizayn taklif etilmoqda. Taqdimot tayyorlanmoqda. Tuman hokimligi aholini yig‘adi. Loyiha muhokama qilinib, himoya qilinmoqda”, — deya hokimlikda ta’mirlash loyihalarini tasdiqlash mexanizmini bayon qilishdi.

Ayni paytda Nukus ko‘chasida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, deya ta’kidladi hokimlik. U yerda uylarning birida ish 95 foizga, qolganlarida 60 foizga bajarilgan.

Nukus ko‘chasi. Foto: Viktoriya Abdurahimova / “Gazeta.uz”Nukus ko‘chasi. Foto: Viktoriya Abdurahimova / “Gazeta.uz”