«toshkent» tegli maqolalar


Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi
6 oktabr 2023, 12:35

Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi

Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.

Gulistonda fuqaroni 2300 dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 oktabr 2023, 17:41

Gulistonda fuqaroni 2300 dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
29 sentabr 2023, 21:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

To‘rtta kinopremera, Yevropa kinofestivali, O‘zbek milliy raqs kechasi, “O‘zbekiston solistlari” kamera orkestri konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ziyofatlar va ketma-ket 3 kunlik dam olish davridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda
28 sentabr 2023, 15:45

Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda

Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida ko‘plab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam ushbu hududdan fotoreportaj tayyorladi.

“Qo‘rqqanimdan qanday qilib ko‘chaga chiqib olganimni ham bilmayman”. Sergeliliklar — portlash haqida
28 sentabr 2023, 12:29

“Qo‘rqqanimdan qanday qilib ko‘chaga chiqib olganimni ham bilmayman”. Sergeliliklar — portlash haqida

Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Ko‘pchilik dovdirab qolgan, kimdir zilzila bo‘layapti deb o‘ylagan, boshqasi bolasini bag‘riga bosib, ko‘chaga otilgan. Hodisada jabrlangan sergeliliklar birinchi taassurot va endi nima qilmoqchi ekanliklari haqida “Gazeta.uz”ga gapirib berdi.

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili
28 sentabr 2023, 10:27

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi
26 sentabr 2023, 09:58

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi

Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.

Toshkentdagi korxona 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
25 sentabr 2023, 17:11

Toshkentdagi korxona 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi
25 sentabr 2023, 09:47

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi

Chilonzor, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar 25-sentabr kuni elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
22 sentabr 2023, 20:20

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

5 ta kinopremera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, “Humo” xokkey klubi matchlari, MotorFest2023 avtofestivali, Geek Con Tashkent festivali, Anhor bog‘ida retro-kecha, plogging-yugurish, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar.

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
18 sentabr 2023, 10:14

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida 18 va 19-sentabr kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?
16 sentabr 2023, 08:42

Toshkentdagi 51 xonali hashamatli uyni onlayn auksionda kim yutib oldi?

Toshkentdagi 51 xonali, bog‘lar, hovuzlar va boshqa binolari bo‘lgan hashamatli uyni MOB Group onlayn auksionda 33,3 mlrd so‘mga sotib oldi. Fevralda Harbiy sud ijro varaqasi va MIB inspektori qarori asosida sotuvga qo‘yilgan uyga kim egalik qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
15 sentabr 2023, 20:56

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Sakkizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, Koreya madaniyati festivali, yarmarka va ko‘rgazmalar, “SAHNA” Stend Up club`dagi chiqishlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi
14 sentabr 2023, 17:41 1

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi
13 sentabr 2023, 19:48

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi
13 sentabr 2023, 14:32

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi
12 sentabr 2023, 20:12

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi
12 sentabr 2023, 17:48

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi

Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)
11 sentabr 2023, 16:55

Prezident Britaniyaning Cross Works kompaniyasiga tegishli Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Britaniyaning Cross Works kompaniyasi ishlab chiqqan Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi. “Ha, biz uni Yangi Toshkent deymiz, lekin ertaga u ham eski Toshkentni yangilashi kerak. Ular bir qon, bir arteriyaga aylanishi kerak”, — deydi qurilish direksiyasi rahbari Davronjon Odilov.

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida
11 sentabr 2023, 10:56

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida

O‘zbekiston poytaxti “bog‘-shahar” g‘oyasi ustiga qurilgan. Ammo qurilishlar, daraxtlarni kesish, ularni noto‘g‘ri parvarishlash va aholi salomatligi ko‘kalamzorlashtirishning o‘z yechimini kutayotgan tizimli muammolaridan dalolat bermoqda, deydi mutaxassislar. Aks holda, biz o‘zimiz yashayotgan bog‘ni yo‘qotamiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting