«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi
27 iyun 2023, 09:03

Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Poytaxt plyajlari fotosharhi: “Yangi O‘zbekiston” va Magic City
25 iyun 2023, 12:45

Poytaxt plyajlari fotosharhi: “Yangi O‘zbekiston” va Magic City

Toshkentda plyajlar 1990-yillar oxiridan kamaya boshlab, 2017-yilda cho‘milish mumkin bo‘lgan eng oxirgi joy ham yopildi. Poytaxt olti yil cho‘milishga ruxsat berilgan joylarsiz yashadi (pullik akvaparklar hisob emas). Bu yil ikkita plyaj ochildi. “Gazeta.uz” ularda bo‘lib, hordiq chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi
22 iyun 2023, 17:16

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi

Economist Intelligence Unit`ga ko‘ra, Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 13 pog‘ona pastlab, 173 ta shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda Avstriyaning Vena shahri yetakchilik qilmoqda.

Toshkentning 7 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
20 iyun 2023, 09:24

Toshkentning 7 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
16 iyun 2023, 09:28

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.

Toshkentning 3 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
15 iyun 2023, 10:56

Toshkentning 3 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Poytaxtning Yashnobod (soat 16:00 gacha), Mirobod va Chilonzor (soat 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.

“Suvni isrof qilmang”, “Asfaltni sug‘ormang”. Ekobloger “O‘rikguli”dan navbatdagi piket
14 iyun 2023, 17:35

“Suvni isrof qilmang”, “Asfaltni sug‘ormang”. Ekobloger “O‘rikguli”dan navbatdagi piket

Ekobloger “O‘rikguli” Toshkent shahrida noto‘g‘ri sug‘orilayotgan yashil hududlar aks etgan navbatdagi tasvirlarni e’lon qildi. U sug‘orish favvoralarini ta’mirlashga, daraxtlarni sug‘orishga ortiqcha suv sarflamaslikka chaqirmoqda.

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi
14 iyun 2023, 11:15

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi

Toshkent shahri hokimligi ikki ko‘cha — Katta halqa yo‘lining bir qismi (Oxangaron shohko‘chasi va yangi aylanma yo‘l oralig‘i) hamda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘chaga nom berish bo‘yicha aholidan takliflar qabul qilmoqda.

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
14 iyun 2023, 10:56

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Chorshanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida vaqtincha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi
14 iyun 2023, 10:42

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi

Yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilinishi tufayli Toshkent shahrida avtobus yo‘lovchilari soni keskin oshdi. May oyida kuniga o‘rtacha 782 ming yo‘lovchi tashildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p degani.

“Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jazirama yozda boshlangani yo‘q” — “HET” korxonasi mas’uli
13 iyun 2023, 17:37

“Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jazirama yozda boshlangani yo‘q” — “HET” korxonasi mas’uli

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Toshkentda 13-iyun kuni “svet” o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi
13 iyun 2023, 11:42

Toshkentda 13-iyun kuni “svet” o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi

Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 13-iyun kuni elektr energiyasi “ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida” vaqtincha o‘chiriladi.

“Na ko‘chishimizni, na ta’mirlashimizni bilamiz”. “Oltintepa” mahallasi “snos”ning bo‘lish-bo‘lmasligini kutib yashamoqda
9 iyun 2023, 16:47

“Na ko‘chishimizni, na ta’mirlashimizni bilamiz”. “Oltintepa” mahallasi “snos”ning bo‘lish-bo‘lmasligini kutib yashamoqda

Toshkentdagi “Oltintepa” mahallasi 2016-yildan beri “snos”ni kutadi. O‘tgan yetti yilda ularning hovlilari atrofida “dom”lar va uch qavatli ko‘prik qurildi. Ularning yashash sharoitlari esa yomonlashdi: hovlilarni doim suv bosadi, namlik devorlarni buzadi. Aholi ularning muammolari hal etilishini so‘ramoqda.

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda
7 iyun 2023, 16:01

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.

Toshkentda o‘zini 4-qavatdan tashlagan erkak halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 09:15

Toshkentda o‘zini 4-qavatdan tashlagan erkak halok bo‘ldi

Olmazor tumanida 38 yoshli erkak o‘zini 4-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi. Voqeaga marhumning qarzlari ko‘payib ketgani uchun tushkunlikda yurgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.

Nega Toshkent shahrining ko‘plab tumanlarida yo‘l-qurilish ishlari ketmoqda?
3 iyun 2023, 13:38

Nega Toshkent shahrining ko‘plab tumanlarida yo‘l-qurilish ishlari ketmoqda?

So‘nggi haftalarda poytaxtda yo‘l-qurilish ishlari faol tarzda ketmoqda. Bu elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida qilinyapti, dedi hokimlik. 2023-yilda 903 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 228 ta transformator yangilanadi. Bunday yirik masshtabdagi ish ilk marta amalga oshirilmoqda.

Toshkentda $20 ming evaziga Haj vizasini tayyorlab bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
2 iyun 2023, 18:35

Toshkentda $20 ming evaziga Haj vizasini tayyorlab bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkentda xususiy firma rahbarlari tanishlari orqali fuqaro va uning onasiga Haj vizasini tayyorlab berish uchun 20 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ular 4 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
1 iyun 2023, 09:33

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Uchtepa tumanida yuk mashinasi va 7 ta yengil avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketildi.

Toshkentni xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantiramiz — Shavkat Umurzoqov
31 may 2023, 16:56

Toshkentni xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantiramiz — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda shahardagi har bir mahallada yashil hududlar barpo etiladi. “Toshkentga „xalq shahri“, „xalq hordiq chiqaradigan shahar“ nomlarini olib berish siyosatini yuritamiz”, — deydi u.

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi
31 may 2023, 15:56

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi

Bektemir tumanida Cobalt haydovchisi to‘xtab turgan “Jiguli”ga to‘qnashib, yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri kasalxonada vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting