6-oktabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Futbol amaliyoti. To‘p bilan harakatlanish” mavzusida dars o‘tilayotgan vaqtda 6-D sinf o‘quvchisi, 2011-yilda tug‘ilgan M.S.ning ko‘krak qafasiga koptok tegib, oqibatda bola hushini yo‘qotgan.

O‘quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, vafot etgan, deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Sud tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S.ga yurakning reflektor to‘xtashi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, yurak gipertrofiyasi, yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgan.