Xitoyning BYD avtokonserni Toshkent hokimligi bilan ramka shartnomasini imzoladi, unga ko‘ra poytaxt hokimligi 2000 K9UD eBus elektrobuslarini xarid qiladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Kompaniyaning qayd etishicha, BYD elektrobuslarni mahalliy iqlim va Toshkentdagi yo‘l sharoitlariga moslab ishlab chiqaradi.

K9UD eBus modeli uzunligi 12 m bo‘lib, 90 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi. Past pol keksalar va bolalarning avtobusga chiqish va tushishini osonlashtiradi, keng salon esa haydash qulayligini oshiradi, deyiladi xabarda.

200 ta elektrobusning birinchi partiyasi 2024-yilda keltirilishi kutilmoqda.

byd, elektrоbус, тошкент

“Biz BYD nol emissiyali elektr avtobuslarini Toshkentga olib kelganimizdan mamnunmiz. Biz Toshkent hokimligi bilan birgalikda aholini xavfsiz, ishonchli, qulay va toza jamoat transporti bilan ta’minlashga umid qilamiz”, — dedi BYD Tijorat transport vositalarini ekspluatatsiya qilish departamenti bosh direktori Chunlun Tyan.

Toshkent hokimi v. b.Shavkat Umurzoqov BYD elektrobuslarini xarid qilish bo‘yicha ushbu kelishuv O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga mos kelishi, transportni elektrlashtirish fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.