IQAir havo sifati monitoringi platformasida Toshkent shahri havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom” deb qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston poytaxtida 10 kun “ta’sirchan guruh uchun nosog‘lom” havo kuzatilgan.

Shaharning 6 ta nuqtasida IQAir platfomasiga ma’lumot uzatadigan havo sifatini qayd etuvchi qurilmalar mavjud. Ularning 5 tasi mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkentdagi havo “nosog‘lom” ekanini qayd etdi. 1 tasi esa havo “ta’sirchan guruh uchun nosog‘lom” deya ko‘rsatdi.

Skrin: IQAir platformasiSkrin: IQAir platformasi

Soat 17:40 da Toshkent dunyoning eng ifloslangan shaharlari reytingida 5-o‘rinda turibdi. IQAir indeksi bo‘yicha ayni vaqtda dunyoning 4 ta shahri — Pokiston va Hindistonning ikkitadan shahrida havo sifati Toshkentdagidan yomonroq.

iqair, nosog‘lom havo, тошкент

O‘zbekiston poytaxtida havo sifati erta va indinga yaxshilanishi prognoz qilinmoqda. 9-noyabrdan 13-noyabrgacha poytaxtda havo sifati “yaxshi” darajada bo‘lishi prognoz qilingan.

iqair, nosog‘lom havo, тошкент

IQAir co‘nggi bir oy davomida O‘zbekiston poytaxtida faqat bir kun “yaxshi” darajali havoni qayd etgan. 15 kun davomida “o‘rtacha” sifatli havo kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 14 kunning 4 kunida “nosog‘lom”, 10 kunida “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” bo‘lgan havo kuzatilgan.iqair, nosog‘lom havo, тошкент

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqargani xabar qilingandi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.