«qozog‘iston» tegli maqolalar


Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi
29 iyul 2021, 13:21

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Oqibatda bir kishi vafot etdi, 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.

Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qildi
16 iyul 2021, 15:25

Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakilini qabul qildi.

Qozog‘iston o‘zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi
30 iyun 2021, 11:48

Qozog‘iston o‘zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi

Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi emlandi
25 iyun 2021, 18:27

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. U qozog‘istonliklarni vaksina olishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi.

Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobilidan foydalanadi
23 iyun 2021, 11:06

Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobilidan foydalanadi

Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasiga 86 ta yangi Cobalt avtomobili topshirildi.

FlyArystan Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi
21 iyun 2021, 14:35

FlyArystan Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi.

Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi
2 iyun 2021, 18:05

Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi.

1,7 mln o‘zbekistonliklar xorijda ishlaydi, ularning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda
28 may 2021, 09:56

1,7 mln o‘zbekistonliklar xorijda ishlaydi, ularning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida hozirda 1,7 million o‘zbekistonlik chet elda, asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotganligi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi
26 may 2021, 11:07

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi

Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi
25 may 2021, 23:56

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi

Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 may 2021, 20:06

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda COVID-19ga qarshi emlanishdan so‘ng to‘rtta o‘lim qayd etilgani, Livan tashqi ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga nisbatan aytgan so‘zlari uchun iste’foga chiqqani, Nyu-Yorkda Donald Tramp kompaniyasiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘iston va O‘zbekiston yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor
19 may 2021, 12:03

Qozog‘iston va O‘zbekiston yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor

Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati yagona sayyohlik vizasini ishga tushirishga tayyor, dedi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov. Loyihani amalga oshirish uchun chet elliklar ariza yuborishi mumkin bo‘lgan portal ishga tushiriladi. Hozirda «Osiyo Shengeniga» Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va bir qator Kavkazorti mamlakatlari qo‘shilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi
30 aprel 2021, 09:23

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi. Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston uning konsullik okruglari sifatida belgilandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 mart 2021, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi
16 mart 2021, 12:37

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi

18 martdan boshlab Qozog‘iston poytaxtida karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga ko‘ra, shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 mart 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Tolibonlarning AQSH tinchlik rejasini rad etishgani, Xitoyning Gongkong to‘g‘risidagi bayonoti uchun G7 davlatlariga norozilik bildirgani, Yevropa Komissiyasining Buyuk Britaniya ustidan Breksit bitimini bajarmaganligi uchun yuridik jarayonini boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 mart 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda pensiya yoshining oshirilishi, Kambojada COVID-19'ni qasddan yuqtirganlarga 20 yillik qamoq jazosi berilishi, Qozog‘istonda kondan 260,9 ming dollar qiymatidagi oltin o‘g‘irlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi
5 mart 2021, 03:05

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, unda 8 ta taklifni bildirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar karantin davrida o‘rnatgan cheklovni bekor qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash shular jumlasidan.

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
4 mart 2021, 10:07

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat 2019 yil aprel oyida imzolangan.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi
2 mart 2021, 12:53

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Elchining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston OAVlarida ushbu vaksina hakida ma’lumotlar berilib borilmoqda va mamlakatga uni yetkazish bo‘yicha taklif kiritilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting