Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomashinasini xarid qildi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shimoliy Qozog‘iston viloyati politsiyasiga Qozog‘iston politsiyasi kuni arafasida 86 ta yangi Chevrolet Cobalt avtomobili kalitlari viloyat hokimi Kumar Aksakalov tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.

Foto: Tengrinews.kz

Qayd etilishicha, Chevrolet Cobalt rusumidagi 86 avtomashinaning barchasi viloyat byudjetidan sotib olingan bo‘lib, ular mahalliy politsiya inspektorlari ishida qulayliklar yaratish uchun mo‘ljallangan.

«„SaryarkaAvtoProm“ kompaniyasi yangilangan avtopark militsiya xodimlariga imkon qadar tezroq harakat qilish, jinoyatchilikning oldini olish va kamaytirish vazifalarini yetarli darajada bajarishga imkon berishiga ishonadi», — deyiladi xabarda.

Foto: Tengrinews.kz

UzAuto Motors axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston bozorida Chevrolet brendi sotuvda yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonda 2021 yilning birinchi 5 oyida eng ko‘p sotilgan avtomobillardan biri Chevrolet Cobalt bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda mart oyida 1001 dona, aprel oyida 1355 dona Cobalt avtomobili sotilgan.