«qozog‘iston» tegli maqolalar


Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi
30 aprel 2024, 14:31

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi

Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.

Qozog‘iston TikTok`ni bloklash haqida o‘ylamoqda
23 aprel 2024, 21:22

Qozog‘iston TikTok`ni bloklash haqida o‘ylamoqda

Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.

Toqayev Mirziyoyevga toshqinlar paytida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi
23 aprel 2024, 12:49

Toqayev Mirziyoyevga toshqinlar paytida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi
22 aprel 2024, 20:54 1

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga yordam yubordi (foto)
20 aprel 2024, 11:02

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga yordam yubordi (foto)

O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto.

Qozog‘iston rahbari mamlakatdagi suv toshqinlari fonida yirik tadbirlarni bekor qilishni buyurdi
16 aprel 2024, 20:32

Qozog‘iston rahbari mamlakatdagi suv toshqinlari fonida yirik tadbirlarni bekor qilishni buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi
16 aprel 2024, 10:51

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi.

Qozog‘iston prezidenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan qonunni imzoladi
15 aprel 2024, 15:06

Qozog‘iston prezidenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan qonunni imzoladi

Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda.

Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi
13 aprel 2024, 17:29

Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.

Qozog‘iston Senati oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonunni ma’qulladi
12 aprel 2024, 12:18

Qozog‘iston Senati oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonunni ma’qulladi

Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak.

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
8 aprel 2024, 22:03

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)
5 aprel 2024, 23:17

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti
5 aprel 2024, 17:38

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.

Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkent shahri va viloyatida sezildi
5 aprel 2024, 04:57

Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkent shahri va viloyatida sezildi

Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
4 aprel 2024, 22:00

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi
4 aprel 2024, 19:11

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.

Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
4 aprel 2024, 09:50

Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
3 aprel 2024, 20:56

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi
28 mart 2024, 16:27

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
28 mart 2024, 11:18

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting