Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 fevraldagi qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari va O‘zbekistonda Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Hujjat 2019 yil 15 aprelda Toshkent shahrida imzolangan. Uning kuchga kirish sanasi 2020 yil 22 mayda ko‘rsatilgan. Qozog‘iston prezidenti shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni 2020 yil 26 martda imzoladi.

Norma.uz aniqlik kiritishicha, bitim migratsiya oqimlarini tartibga solish va ikki mamlakat hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish uchun mo‘ljallangan.

Hujjatda mehnat migranti deganda 18 yoshga to‘lgan, ikkinchi davlat hududida qonuniy ravishda yashaydigan va u yerda qonuniy ravishda pullik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxs tushuniladi.

Bitimga asosan, mehnat migrantlari qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish, qabul qiladigan mamlakatning vakolatli organlari tomonidan hududda bo‘lish shartlari va tartiblari, mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda boshqalar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega.

Hujjat mehnat migrantlarining ish haqini to‘lash va ularning daromadlaridan soliq to‘lash, pensiya va ijtimoiy ta’minot, o‘lim yoki shikastlanish holatlarida to‘lovlar va kompensatsiyalar, shuningdek mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bohlik jarohat, kasb kasalligi yoki boshqa sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash masalalarini tartibga soladi.

Shartnoma shuningdek, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi.

Qabul qiluvchi mamlakat hududida mehnat migrantlari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quv hujjatlar tan olish jarayonlarisiz tan olinadi.

Shu bilan birga, tegishli ta’lim olgan, pedagogik, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mehnat migrantlari qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibidan o‘tadilar. Ular ushbu faoliyatga qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Bitim boshqa jihatlarni ham tartibga soladi.