Toshkent xalqaro aeroportiga Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Turkiston shahridan 180 nafar yo‘lovchi bilan ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda muntazam reyslar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Chiptalar narxi bir tomonga 870 ming so‘mdan boshlanadi, parvoz davomiyligi 50 daqiqani tashkil etadi.

Qozog‘iston loukasteri Turkistondan tashqari, Olmaota va Nursultonga ham reyslarni taklif qilmoqda.

FlyArystan — Qozog‘istonning ilk hamyonbop loukasteri bo‘lib, birinchi parvozini 2019 yilning may oyida amalga oshirgan. Bugungi kunda FlyArystan flotida 10 dona Airbus A320 havo kemasi mavjud bo‘lib, ular har kuni butun Qozog‘iston va xorijga 70 dan ortiq reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Foto

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»