15 mart kuni Nursulton shahrida karantin choralarini e’lon qilish to‘g‘risida qaror imzolandi, deya xabar berdi Tengrinews.

Unga ko‘ra, 18 martdan boshlab poytaxt aholisi va mehmonlari quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:

  • ommaviy tadbirlar, shu jumladan oilaviy yoki xotirlash marosimlari, shu jumladan ziyofatlar, to‘ylar, yubileylar va boshqalarni (korporativ tadbirlar, mitinglar, yig‘ilishlar) o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi;
  • faoliyati tiklanmagan ob’ektlarga, jumladan, kompyuterxonalar, kinoteatrlar, tungi klublar, o‘yin maydonchalari va sport inshootlari (Ashyq loyihasida ishtirok etayotgan ob’ektlar bundan mustasno) tashrif buyurishni taqiqlanadi.
  • jamoat joylariga, shu jumladan, shahar jamoat transporti hamda faoliyatiga ruxsat berilgan ob’ektlarga tashrif buyurganda, niqob taqish, masofa saqlash va antiseptiklardan foydalanish talablariga qat’iy rioya qilish shart.

Ma’lumot uchun, 2020 yil oxirida ham Qozog‘iston hukumati mamlakatda koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paygani sabab virus tarqalishiga qarshi cheklovlar quchaytirilgan edi.