Qozog‘istonda Kostanay shahridagi «SarыarkaAvtoProm»da ishlab chiqarilgan Chevrolet Equinox avtomobillari sotuvga chiqarildi, deya xabar bermoqda Spot.uz.

Qozog‘istonda ushbu turdagi avtomobillar uch xil rangda: oq, kulrang va qora ranglarda, 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Equinox avtomobillari 2019 yil oxirida taqdim etilgan edi va bir yildan ortiqroq vaqt davomida sotuvda bo‘ldi. Keyinchalik, 2021 yil fevralida sotuvdan olib tashlandi.

Avtomobillarni Xitoydan SAIC-GM qo‘shma korxonasi olib kelayotgan edi va sotuv narxi 349 mln so‘mga teng edi. Biroq hozirda UzAuto Motors saytida avtomobil narxi 414 mln so‘m deb belgilangan.