Elboshi matbuot xizmatining xabar berishicha, Nursulton Nazarboyev Qarag‘anda farmatsevtika zavodida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.

«Hozirda Qozog‘istonda 3 million kishi emlangan. Bugun men ham vaksina oldim. Barcha qozog‘istonliklarni vaksina olishga va bundan qo‘rqmaslikka chaqiraman. Aynan hozir, virusning yangi shtammlari paydo bo‘lgan vaqtda vaksina olish muhim. Buni o‘z sog‘lig‘ingiz uchun qiling», — deya ta’kidlagan Nazarboyev.

Aprel oyida Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev ham «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan edi.