«qozog‘iston» tegli maqolalar


Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning yangi iqtisodiy yo‘nalishini taqdim etdi
21 yanvar 2022, 22:50

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning yangi iqtisodiy yo‘nalishini taqdim etdi

Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev tadbirkorlar bilan uchrashuvda xalqaro auditorlarga tayanib, mamlakat boyligining yarmi bor-yo‘g‘i 162 kishiga tegishli ekanligini ma’lum qildi. «Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetdi», — dedi u.

Qozog‘istonda 18 nafar o‘zbekistonlik hujjatsiz yurgani aniqlandi
21 yanvar 2022, 18:07

Qozog‘istonda 18 nafar o‘zbekistonlik hujjatsiz yurgani aniqlandi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.

Cobalt 2021-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi
21 yanvar 2022, 17:43 1

Cobalt 2021-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

2021-yil davomida Qozog‘istonda 29 mingdan ortiq Chevrolet mashinalari xarid qilinib, kompaniya mamlakat bozorida eng ko‘p mashina sotgan brendga aylandi. Qozog‘istonliklar ko‘proq Cobalt (14605) va Nexia (10809) avtomobillarini xarid qilishgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
20 yanvar 2022, 17:46

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni kengaytirish qolaversa, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi
18 yanvar 2022, 13:11

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi

2021-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istondan 639 mln dollar qabul qilib olgan, 102 mln dollar mablag‘ esa qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan. Shu tariqa Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 yanvar 2022, 23:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlangani, Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangani, Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishining halok bo‘lgani, Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi
13 yanvar 2022, 14:04

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi

KXSHT tinchlikparvar kontingentini Olmaotadan olib chiqish boshlandi. Qozog‘iston mudofaa vaziri nomidan harbiylarga minnatdorchilik bildirildi, ayrimlari «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» medallari bilan taqdirlandi.

Alixan Smailov Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlandi
11 yanvar 2022, 13:41

Alixan Smailov Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlandi

Asqar Mamin iste’foga chiqqanidan keyin Qozog‘iston hukumati rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Alixon Smailov mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi.

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 yanvar 2022, 22:00

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qozog‘istonga ta’ziya bildirgan Shavkat Mirziyoyev, Navoiyda fuqarolarni kaltaklagan qora niqobli shaxslar, maktablarda yozgi ta’til muddati o‘zgarmasligi, Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda 200 kishi bo‘lganligi, Qozog‘istondagi vaziyat tufayli importi kechikayotgan go‘sht, qat’iy karantin rejalashtirilmaganligi, niqobsiz fuqarolarga jarima qo‘llanilmasligi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 10 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 yanvar 2022, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda yong‘in oqibatida 19 kishining halok bo‘lgani, Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalaridan xavotirda ekani, Qozog‘istonda Jambil viloyati politsiya boshlig‘i hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigining vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Gap davlat to‘ntarishiga urinish haqida ketmoqda» — Qosim-Jomart Toqayev
10 yanvar 2022, 17:59

«Gap davlat to‘ntarishiga urinish haqida ketmoqda» — Qosim-Jomart Toqayev

Qozog‘iston butun mustaqillik tarixidagi eng og‘ir inqirozni boshidan kechirdi, bu davlat to‘ntarishiga urinish edi, dedi KXSHT sammitida prezident Qosim-Jomart Toqayev. Uning fikricha, asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan edi, shaharning qulashi janubni, keyin esa butun Qozog‘istonni egallashga yo‘l ochardi.

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko
10 yanvar 2022, 14:07

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.

Qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi — OAV
10 yanvar 2022, 13:39

Qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi — OAV

Qozog‘istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. U hozirda Bishkekga olib ketilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga ta’ziya bildirdi
10 yanvar 2022, 10:39

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga ta’ziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni mamlakatdagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya izhor etdi.

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda
10 yanvar 2022, 09:08

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda

O‘zbekistonga Belarus va Ukrainadan import qilinadigan go‘shtni yetkazib berish kechikmoqda. Bu ko‘plab yuklar uchun tranzit yo‘lagi hisoblangan Qozog‘istondagi inqiroz bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» bilan suhbatda bo‘lgan uch tadbirkor yetkazib berishdagi uzilishlar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda qirg‘izistonlik musiqachi pogromchi sifatida ko‘rsatildi
9 yanvar 2022, 23:31

Qozog‘istonda qirg‘izistonlik musiqachi pogromchi sifatida ko‘rsatildi

Qirg‘iziston TIV qozoq telekanallarida qirg‘iz musiqachisi Vikram Ruzaxunov pogromlar qatnashchisi sifatida ko‘rsatilgani uchun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uning terrorchi emasligini ma’lum qildi. Prezident Sadir Japarov ham vaziyatga izoh berdi.

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda ekanligi aytilmoqda
8 yanvar 2022, 13:12

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda ekanligi aytilmoqda

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda ekanligi va prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan aloqada bo‘lib turgani aytilmoqda. Uning matbuot kotibi Aydos Ukibayning yozishicha, elboshi barchani Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqirgan.

Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8 yanvar 2022, 10:11

Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.

Qozog‘istonda tahsil olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
7 yanvar 2022, 22:12

Qozog‘istonda tahsil olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar talaba Nursultondan Toshkentga qaytarildi.

Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar sababli 91 mln dollar zarar ko‘rdi
7 yanvar 2022, 16:28

Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar sababli 91 mln dollar zarar ko‘rdi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababli mamlakatdagi biznes 91 mln dollar zarar ko‘rdi. Zararning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish va moliya sektoridagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting