3-aprel kuni soat 21:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Nexia-2 avtomobili chuqurlikka tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 4P79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz yo‘lining 6-kilometrida Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra avtomashina yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatda mashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olgan. Biroq Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.