2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga sel kelayotgani aks etgan videolavhalar bo‘yicha FVV ma’lumot berdi.

Kuzatilgan surunkali yog‘ingarchiliklar oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar va boshqa suv o‘tkazish inshootlarida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari toshib chiqdi.

Xususan, Kitob tumani “Ko‘xsor” MFY hududida adirliklarda kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli to‘plangan suvlar “Jovuz” kishlog‘idan oqib o‘tuvchi sel yo‘lidan o‘z oqimi bo‘ylab oqib o‘tdi. FVVning ketirishicha, bunda aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.

“Ayni paytda ushbu tumanlarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘ryapti”, — deyiladi xabarda.