«Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filiali sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi viloyat filiali sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi MCHJlardan birining rahbari bilan jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 1,8 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan», — deyiladi axborotda.