Qashqadaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llaridan biriga yaqinda avtohalokatda jiddiy shikastlangan mashina o‘rnatildi.

аvaриялар, қашқадарё вилояти

аvaриялар, қашқадарё вилояти

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ushbu fotosuratlarni e’lon qilar ekan, ushbu holatdagi mashinaning yo‘l chetiga o‘rnatilishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etish joizki, yo‘l-transport hodisalari oqibatida zarar ko‘rgan transport vositalarini namoyish qilish barcha hududlardagi YHXB bo‘linmalari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chorasi sifatida qo‘llaniladi. Bir uyum temir-tersakka aylangan avtomashinalar ortilgan “targ‘ibot karvonlari” muntazam ravishda shaharlar bo‘ylab harakatlanadi.

Buxoro viloyatida “Targ‘ibot karvoni”.Buxoro viloyatida “Targ‘ibot karvoni”.

Shuningdek, YHXBB haydovchilar va piyodalar bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish borasida muntazam suhbatlar o‘tkazmoqda.

Xorazm viloyatida yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan maktab o‘quvchisi maketi.Xorazm viloyatida yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan maktab o‘quvchisi maketi.

O‘zbekistonning shahar va viloyatlaridagi ko‘plab maktablar oldiga bolalar va YPX xodimlarining mulyajlari o‘rnatilgan. Bu yo‘llarda bolalar xavfsizligini oshiradi, deb ishoniladi (aslida esa unday emas).