14-aprel kuni ertalab Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonidan o‘tuvchi yo‘lning 1139-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi, 24 yoshli O.A. boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, pastlikka qulagan va so‘ng so‘ng yonib ketgan.

Haydovchining o‘zi va 25 yoshli yo‘lovchi o‘z vaqtida yuk mashinasi kabinasidan sakrab chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishgan.