Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U 23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan Erkaboy Tajiyev o‘rnini egalladi.

Salom Samadov 1963 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Samadov 2018 yil oktabr oyidan buyon Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.