Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanaldan 15 yoshli bolaning oqib kelayotgan jasadini topdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot kotibi Sohibjon G‘aybullayev «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Qarshi tumanida yashagan. 21 sentabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so‘ng yaqinlari bolani qidiruvga bergan. Oradan bir necha kun o‘tib, uning jasadi kanaldan topildi.

Hozirda 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.T.ning suvdan jasadi topilishi holati bo‘yicha Qarshi tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertizalar tayinlandi, deyiladi xabarda.