«koronavirus» tegli maqolalar


COVID-19: Ketma-ket oltinchi kun koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda
14 yanvar 2022, 11:02

COVID-19: Ketma-ket oltinchi kun koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket oltinchi kun o‘sishda davom etayapti — payshanba kuni yana 824 kishida virus aniqlandi. Birgina poytaxtning o‘zida 434 ta holat qayd etildi. 3 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri yarim tunda «tez yordam» holatini o‘rgandi
14 yanvar 2022, 10:04

Sog‘liqni saqlash vaziri yarim tunda «tez yordam» holatini o‘rgandi

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev bugun 03:00 larda Toshkent shahar tez yordam stansiyasiga borib, «tez yordam» holatini tekshirdi. Uning topshirig‘i bilan qo‘shimcha 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi xizmatga biriktiriladigan bo‘ldi. Vazir shuningdek, Toshkentning 12 ta tumanida kasallik klinik belgilarsiz va yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish uchun COVID-poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi.

13 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 yanvar 2022, 22:00

13 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga javob qaytargan Shavkat Mirziyoyev, Mudofaani boshqarish milliy markazi ochilgani, qurol yordamida to‘xtatilgan Malibu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot, poytaxtda portlatilgan «o‘t o‘chirgich» bo‘yicha 13 kishiga qo‘yilgan ayblov, Marokash shartnomasiga qo‘shilgan O‘zbekiston, hokimlarning kengash raisi maqomi bekor qilinmaganiga izoh bergan Senat va boshqa xabarlar «Gazeta.uz» ning 13 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi
13 yanvar 2022, 10:24

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi

12-yanvar kuni O‘zbekistonda yana 714 kishi koronavirusga chalindi. Bu oldingi kundan 110 nafarga ko‘p. Kasallanish ketma-ket 5-kun yana ortmoqda. Shuningdek, 3 kishi virusdan vafot etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 yanvar 2022, 22:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Bir hafta ichida dunyoda rekord darajada COVID-19'ga chalinish holatlari aniqlangani, Germaniyada Telegram`ning bloklanishi mumkinligi, Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar tufayli 240 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rgani, «Tolibon» Afg‘onistonning kelasi uch oy uchun 509,4 mln dollarlik budjetni tasdiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Emlanmagan xodimlar masofadan ishlaydi — Anvar Alimov
12 yanvar 2022, 17:20

Emlanmagan xodimlar masofadan ishlaydi — Anvar Alimov

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov 15 yanvardan tashkilotlarning emlanmagan ishchilari masofaviy ishlashga yuborilishini ma’lum qildi. «Keyingi besh kun ichida ishchilari vaksinaning birinchi dozasini olgan muassasalar avvalgidek ishlashda davom etishlari mumkin», — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi
12 yanvar 2022, 12:30

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.

SSV koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi
12 yanvar 2022, 10:58

SSV koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi

Seshanba kuni O‘zbekistonda 604 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan va 4 kishi vafot etgan. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta sentabr oyida qayd etilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat xavotirli bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi
11 yanvar 2022, 12:01

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi

Dushanba kuni 425 kishida koronavirus aniqlandi. Yana 4 kishi kasallikdan vafot etdi.

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti
10 yanvar 2022, 17:57

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilgani yo‘q. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, ammo epidemiologik vaziyatga qarab choralar keskinlashishi mumkin, deya ta’kidlandi poytaxtda o‘tgan SSV va SEO matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi
10 yanvar 2022, 11:20

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yakshanba kuni deyarli 390 kishida koronavirus aniqlandi, 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Omikron O‘zbekistonda yangi koronavirus to‘lqinini boshlashi mumkinmi?
9 yanvar 2022, 20:34

Omikron O‘zbekistonda yangi koronavirus to‘lqinini boshlashi mumkinmi?

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini tugashi bilanoq kunlik koronavirus holatlarida yana keskin o‘sish kuzatildi. 8 yanvar kuni pandemiya boshidan buyon qish mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, keyinroq mamlakatda omikron shtammi aniqlangani aytildi. Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus to‘lqinlari asosan bahorning oxirida boshlanib, qishgacha davom etayotgan edi.

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi
7 yanvar 2022, 11:51

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi

So‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 397 kishi koronavirus yuqtirib oldi, uch kishi esa vafot etdi. 5 yanvargacha COVID-19`ga chalinganlar soni 100 kishidan oshmayotgan, 9 kundan beri esa o‘limlar qayd etilmagan edi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi
7 yanvar 2022, 11:24

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

Buyuk Britaniya 10 yanvardan O‘zbekistonning koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan olishni boshlaydi. Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PZR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 yanvar 2022, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Latviyaning koronavirus sababli favqulodda holat rejimini martgacha uzaytirayotgani, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya va Shveysariyada kunlik COVID-19 holatlari soni bo‘yicha rekordlar yangilangani, AQShda qor bo‘roni tufayli besh kishining halok bo‘lgani, Qozog‘istondagi so‘nggi vaziyat va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
4 yanvar 2022, 18:30

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.

Messi koronavirusga chalindi
2 yanvar 2022, 22:25

Messi koronavirusga chalindi

«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV
30 dekabr 2021, 12:31

Niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi
30 dekabr 2021, 11:21

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

29 dekabr kuni oxirgi 6 oy ichida birinchi marotaba koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Kasallik yuqtirganlar soni esa yana 100 nafardan oshib ketdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 dekabr 2021, 22:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiyada bir sutkada 180 mingga yaqin koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgani, Yaponiyaning «sog‘lom uzoq umr ko‘rish» bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgani, AQShning Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli samolyot tashuvchi kemasini O‘rtayer dengizida qoldirgani, Qozog‘istonning o‘lim jazosini butunlay bekor qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting